Bosh sahifa/Imkoniyatlar
Imkoniyatlar

Do'konni daftar usulidan tizimli boshqaruvga o'tkazadigan asosiy imkoniyatlar

Rasta POS telefon orqali ishlash, rolga qarab ruxsatlar, Telegram hisobotlari va qarz nazorati bilan do'konni bir tizimga yig'adi.

Asosiy foydalar

Nega do'kon egalari Rasta'ga o'tadi?

Kassadagi savdodan mijoz qarzigacha bo'lgan ishlarni tartibli yuriting va do'kon natijasini masofadan kuzating.

Telefon orqali ham ishlaydi

Platformadan telefon, planshet va kompyuterda foydalanasiz, shuning uchun savdo va nazorat joyga bog'lanib qolmaydi.

Daftar o'rniga tizimli ma'lumot

Eski daftar usuli o'rniga mahsulot, qarz va to'lovlar tartibli raqamli tarixga aylanadi.

Mijoz va ta'minotchi qarzlari nazorati

Mijoz qarzi, ta'minotchi qarzi va to'lovlar tarixi orqali pul kirimi-chiqimini bir joyda kuzatasiz.

Rolga qarab ruxsatlar

Sotuvchi faqat sotadi va mijozlarni ko'radi, menejer kengroq ishlaydi, to'liq nazorat esa egada qoladi.

Kimlar uchun

Qaysi do'konlar uchun ayniqsa qulay?

Rasta kiyim retaili uchun ayniqsa mos, lekin qo'lda yuritiladigan savdodan tizimga o'tmoqchi boshqa retail do'konlari uchun ham foydali.

Kiyim do'konlari

Model, rang va o'lcham ko'p bo'lgan assortimentni sotuv bilan birga boshqarish qulay.

Poyabzal do'konlari

Razmer bo'yicha qoldiq va qaysi model qayerda tez sotilayotganini ko'rish osonlashadi.

Aksessuar do'konlari

Tez savdo, qayta keladigan mijozlar va kichik assortimentni tartibli boshqarishda yaxshi ishlaydi.

Boshqa retail do'konlari

3 tagacha filial bilan ishlaydigan va daftarni tizim bilan almashtirmoqchi bizneslar uchun ham mos.

Rasta POS

Rasta'ni 14 kun bepul ishga tushiring

Ro'yxatdan o'ting, do'kon ma'lumotlarini kiriting va savdo tarixini daftar o'rniga raqamli yuritishni boshlang. Savol bo'lsa, shu blokdagi aloqa orqali bog'lanishingiz mumkin.